Bir kishi qafasda uch dona to‘tiqush olib o‘tirardi. Xaridor ularning narxini so‘radi.
— Birinchisi uch yuz ming. Gapiradi. Ikkinchisi besh yuz ming. U ham she’r aytadi va qo‘shiq kuylaydi. Bunisini narxi bir million so‘m. Lekin u na gapiradi, na qo‘shiq kuylaydi.
Xaridor:
— Unda nega buncha qimmat.
— Bilmadim-u, lekin mana bu ikkisi uni “ustoz” deb chaqiradi.