Bir otaning noshud o‘g‘li bor ekan. Nuqul aytilgan ishni teskari bajararkan.
Kunlarning birida ota-bola eshakda bir qop un olib, ko‘prikdan o‘tayotishsa, un eshakni ustidan tushib qolibdi. Shunda otasi:
— O‘g‘lim qopni suvga tashlab yubor, - desa, o‘g‘li ariqqa unni tashlabdi. Otasi:
— Sen nuqul aytganimni teskarisini qilar eding-ku?!, - debdi. O‘g‘li esa:
— Ha endi, bir martta aytganingizni qilay dedim-da, ada, - dermish.