Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga borib, xalq bilan uchrashibdi.
— Qanday ehtiyoj, muammolaringiz bo‘lsa, bizlar hal qilib beramiz, - debdi.
— Bizda ikkita katta muammo bor, - debdi bir oqsoqol. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor yo‘q.
Amaldor shartta mobil telefonidan kimningdir raqamini teribdi-da, bir chetga o‘tib 1-2 daqiqa gaplashibdi.
— Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda bo‘ladi. Endi ikkinchi ehtiyojingizni ayting-chi?
— Qishlog‘imizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi, - debdi oqsoqol.