Paxta terimi boshlanib, hamma ishchilar dalaga chiqishibdi. Bir yigit hammadan ko‘p paxta terib, rekord o‘rnatibdi. Rahbarlar xursand, do‘stlari tabriklashibdi, hamma joyda shov-shuv ko‘tarilibdi. Bir payt uchta paxtakor uni imlab, bir chetga chaqirishibdi-da:
— Yangilikni eshitdingmi?, - deyishibdi.
— Yo‘q, - debdi yigit.
— Manavini ichib ol, keyin aytamiz, - deb bir piyola aroq uzatishibdi.
Yigit ichib:
— Nima gap? Aytinglar, - desa, boyagi paxtakorlar yana bir piyola aroq uzatib:
— Buniyam ich, xabarni eshitishing osonroq bo‘ladi, - deyishibdi.
Shunday qilib unga yana uch piyola aroq ichirishibdi-da, g‘irt mast bo‘lib bir chyetda yotgan yigitga qarab:
— Endi gapni eshit! Hozir bu yerga televideniyadan kelishadi. Eng namunali paxtakor deb seni suratga olishmoqchi ekan, - deyisharmish.