Uchta dugona suhbatlashib o‘tirishsa, birinchisi:
— Erim menga eng zo‘r televizordan olib berdi. Uyda yangi filmlarni ko‘rib o‘tiribman, - debdi.
Ikkinchisi maqtanib:
— Meni erim esa iPhone7 olib berdi. Uyda o‘tirib, kamera orqali erim bilan gaplasha olyapman, - debdi.
Uchinchisi esa:
— Erim meni kinoteatrlarga olib boryapti. Suhbatlashib, sayr qilib yuribmiz. Demak, meni ko‘chada olib yurishga uyalmayapti, - dermish.