Bir erkak ishdan so‘ng jazmani bilan tushlik qilib, kinoga borib uyga qaytibdi. Uyda xotini sho‘rva pishirgan ekan. Ovqatdan biroz ichgan bo‘libdi-da, kirib yotibdi. Endi uxlamoqchi bo‘layotgan ekan, telefonga Sms kelib qolibdi. Telefonni olib xojatxonaga yuguribdi. Smsni ochib qarasa, "Jonim bugungi tushlik va sayr uchun rahmat! Unutilmas kun bo‘ldi..." degan Sms kelgan ekan. Xotini ko‘rib qolishidan qo‘rqib, Sms ni o‘chirib, sekin kirib yotsa, xotini:
— Tinchlikmi?, - debdi.
— Pishirgan sho‘rvang yoqmadi shekilli, ko‘nglim behuzur bo‘lyapti, - deb to‘ng‘illabdi eri.
— Unda nega meni telefonimni ko‘tarib kirib ketdingiz? O‘zingizniki mana-ku!? - degan ekan xotini.