Biri soat o‘g‘irlab, ikkinchisi esa sigir o‘g‘irlab qamalgan ikki mahbus qamoqxonada uchrashib qolishibdi. Sigir o‘g‘risi kinoyali ohangda:
— Xo‘sh, yangi soatimiz necha bo‘ldi? – deb so‘rasa,
Soat o‘g‘risi:
— Sigir sog‘adigan payt bo‘ldi...! – degan ekan.