O‘lim to‘shagida yotgan boy ikki o‘g‘liga me’rosini taqsimlab
— Katta o‘g‘liga o‘zining mayxonasini, aroqxo‘r kichik o‘g‘liga esa qolgan hamma boyligini qoldirishga qaror qilibdi.
Boyni holidan xabar olgani kelgan do‘sti uning qaroridan xabar topgach, do‘stiga maslahat berib:
— Do‘stim, boyligingni kichik o‘g‘lingga qoldirmoqchimisan? Axir u aroqxo‘r bo‘lsa, bir umr yig‘gan davlatingni olti oyda ichib tugatadi-ku?! – desa,
boy:
— To‘g‘ri. Ammo shaharda bittagina mayxona bor, u ham bo‘lsa katta o‘g‘limga tegishli bo‘ladi! – degan ekan.