Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo‘libdi. Ishga ketgandek bo‘lib, ko‘chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o‘tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o‘tirib, sekin o‘sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og‘ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo‘ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo‘q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo‘lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo‘yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.