Eshik taqillabdi:
— Kechirasiz, sizga yangi chiqqan oq va qora ranglardagi ko‘ylaklarimizni taklif qilmoqchiman. Sotib oling, zarar qilmaysiz.
— Yo‘q, rahmat, shart emas.
— Mana bu oq ko‘ylakni qarang, kiyib mazza qilasiz.
— Kerak emas dedim sizga!
— Ammo bir o‘ylab ko‘ring.
— Agar yana bir marta shu haqda gapirsangiz, zinadan uloqtirib yuboraman.
— Bu ko‘ylakni kiymabsiz, bu dunyoga kelmabsiz...
Uy egasi ko‘ylakfurushni zinadan uloqtirib yubordi. U beton ustiga uchib tushib, ancha vaqt harakatsiz yotdi. Keyin bir amallab o‘rnidan turdi va yuzlarini artib, yana zinadan ko‘tarilib eshikni taqillatdi.
— Oq ko‘ylak bo‘yicha fikringiz tushunarli. Endi qora ko‘ylak to‘g‘risida gaplashsak...