Institutda imtihon ketmoqda. Hamma talabalar test variantlarini ishlab o‘tirishibdi. Faqat bir talaba tanga tashlab, variantlarni belgilayotgan ekan. Domla uni kuzatib turib, hammadan oldin tamomlasa kerak, deb o‘ylab qo‘yibdi.
Barcha talabalar imtihon javoblarini topshirib ketishibdi. Haligi talaba hali ham tanga tashlab o‘tirganmish. Domlani sabri chidamay, talabani yoniga borib:
— Imtihon vaqti tugadi. Javoblarni belgilashga ulgurdingizmi, - desa, talaba:
— Ha ulgurdim, - debdi, - qayta tekshirib chiqyapman, - dermish.