Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o‘qi xato ketdi. O‘zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo‘ldi-da, o‘zini oqlay boshladi:
— Qara, Afandi, juda mug‘ombir ov ko‘rgan quv kiyik ekan, mening o‘qimga chap berib ketdi-ya.
Afandi Podshoga taskin berib, aytdi:
— Agar kiyikning o‘rnida yuzta odam bo‘lsa ham bexato urgan bo‘lar edingiz, kiyik ham ovmi!