Bir odam do‘stinikiga mehmonga kelibdi. Do‘stini xotini dasturxon tuzab, ovqat olib kiribdi. Mehmon sinkovroq ekan, do‘stidan so‘rabdi:
— Do‘stim, bu xotiningni qulog‘idagi zirakni qayerdan olding. Umrim bino bo‘lib, bunaqasini ko‘rmaganman.
— E-e, u zirak emas. Tug‘ilgan kuniga sovg‘a olay desam, hali oylikkacha ancha bor ekan. Kastyumimni tugmasini uzib olib, qulog‘iga qadab qo‘yganman...