Bitta odam qo‘shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o‘g‘irlabdi.
Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi:
"Shu tuxumdan jo‘ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g‘oz olaman, g‘ozni ham boqib, sotib, qo‘y olaman. Qo‘yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo‘shnisi kelib qolibdi.
O‘g‘rini ko‘rib:
— Tuxumni joyiga qo‘y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo‘lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o‘g‘ri odam:
— Mashinamni to‘lab berasan! - deb baqira ketgan ekan.