Bir yigit pivoxonaga kirib bir bokal pivo ichib:
— Qancha berishim kerak? - desa, barmen:
— Uch yuz, - debdi.
Haligi yigit cho‘ntagidan bir hovuch tanga chiqarib, uch yuzini sanab, rastani ustiga sochib tashlab, chiqib ketibdi.
Barmen hayron qolaveribdi. Ertasiga o‘sha yigit yana kelib bir bokal pivo ichib, debdi:
— Pivo haliyam uch yuzmi?
— Ha, uch yuz!
Yigit cho‘ntagiga qarab:
— Mayda yo‘q ekan. Mana besh yuz! Ikki yuz qaytimini ber! - deb bitta besh yuztalik beribdi. Barmen ham kechagi qasdini olmoqchi bo‘lib, ikki yuz tiyinni polga sochib:
— Ana qaytimi, terib ol! - debdi.
Yigit bir barmenga, bir polda sochilib yotgan tiyinlarga qarab, cho‘ntagidan yuz so‘mlik tiyin chiqarib, rastani ustiga sochib tashlabdi-da:
— Menga yana bir bokal pivo, - dermish.