Podsho Afandiga buyurdi:
— Mana bu otga minib, egardan tushmasdan hokimni aytib keling! Afandi otga minib, hokimning uyiga bordi, devordan qarasa, hokim mehmonlari bilan palov yeb o‘tiribdi. Afandi darhol otdan tushdi-yu, egarni otdan oldi, egarni minganicha hokimning hovlisiga kirdi. Hokim buni ko‘rib: Bu qanaqasi?—deb so‘radi.
— Podshoning amri shu,— dedi Afandi.
Afandi egardan tushmasdan turib, palovdan to‘yib yegach podshoning amrini hokimga aytdi. Hokim Afandidan koyidi:
— Shu gapingizni avval aytsangiz bo‘lmasmidi, bu aqlni sizga kim o‘rgatdi?
Afandi javob berdi:
— Osh o‘rgatdi, begim, osh!