Afandining buzog‘i bo‘shalib ketib, yoyig‘liq turgan g‘o‘zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog‘liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo‘lidan kaltakni tortib olib:
— G‘o‘zani yegan buzog‘u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g‘o‘za yeyishni bolasiga onasi o‘rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.