Yigit bilan qiz uchrashuv belgilashibdi. Yigit qizni rossa kutibdi. Qiz kelmabdi. Oxiri uyiga qaytib ketibdi. Ertasi kuni qiz yigitga qo‘ng‘iroq qilib, gapi borligini aytibdi. Qiz yigit bilan uchrashibdi-yu, kecha hind kinosi ko‘rganini, shuning uchun uchrashuvga kela olmaganini tushuntiribdi.
Keyin qiz yigitga:
— Biror kafega kiraylik, kinoni gapirib beraman, - debdi.
Bir kafega kirib o‘tirib, qiz kinoni gapirib bera boshlabdi. Bir yarim soat tinmay gapirib bo‘lib:
— Mana, kinoni 1-qismi tugadi. Hozir bir suv ichib olay, 2-qismini gapirib beraman, - desa, yigit:
— Mayli, faqat kinodagi ashula aytib, raqsga tushgan joylarini o‘tkazib yuborgin. Shuncha odam oldida uyalib ketyabman, - degan ekan.