Samolyotda uzoq yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar orasida bitta gapdon kishi uchrab qolibdi.
Hamma jim ketayotsa, har bitta yo‘lovchiga savol berib gapira boshlabdi:
— Siz qayerlarda bo‘lgansiz?
— Amerikada.
— Men ham u yerda bo‘lganman. Ajoyib yurt...
— Siz qayerda bo‘lgansiz?
— Gavay orollarida.
Shunda haligi kishi yana maqtanib ketibdi:
— Ha men Gavay orollarida dam olganman, - deb rosa maqtanibdi.
Qarasa uchinchi yo‘lovchi tomonga burilib, endi gapira boshlagan ekan, u odam ham jahli chiqib:
— Men onamni qornida bo‘lganman faqat, - desa, gapdon odam:
— O, men ham u yerda 9 oy bo‘lganman, - dermish.