Jarrohlik operatsiyasidan keyin hushiga kelgan bemorga vrach dedi:
— Operatsiyadan oldin o‘zingizni juda yomon tutdingiz. Baqirib, tipirchilab, hamma yoqni ostin-ustun qildingiz. Yoningizdagi sherigingiz sizdan ham battarroq to‘palon qildi...!
Bemor vrachga:
— Albatta-da! Axir biz derazalarni yuvish firmasidan kelgan edik-da...