Avtobusga to‘lachadan kelgan ayol chiqibdi. Hammani turtib-surtib o‘tib ketayotsa, bir ozg‘ingina juvon ming‘irlabdi:
— Sal kamroq ovqat yesangiz, shunaqa semirib ketmaysiz!
To‘ladan kelgan ayol o‘girilib:
— Sen ham ichingdagi gijjalaringni tozalasang, qiltirab yurmasdan semirarding, - degan ekan.