Bir ayol qo‘rqinchli tush ko‘ribdi. Tushida uni odamxo‘rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo‘rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo‘libdi-yu, ko‘tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo‘llab, bor kuchi bilan yerdan torta boshlabdi toshni...
Shu payt ayol uyg‘onib ketibdi. Qarasa, uyida, yotog‘ida uxlab yotganmish. Eri esa ayoliga qarab:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi.
Ayol tushini gapirib beribdi. Shunda eri:
— Xo‘p mayli, uyg‘onding! Endi qulog‘imni tortmasdan, qo‘yib yuborarsan-a...?! - dermish.