Bir kuni tushlik dasturxoni atrofida ingliz diplomati rus siyosatchisiga shunday debdi:
— Agar mushukka ozgina bo‘lsa ham gorchitsa yedira olsang, bitta ziyofat mendan.
Rus siyosatchisi shu zahoti o‘ylab o‘tirmasdan shartta mushukni bo‘ynidan ushlabdi. Uning og‘zining oldiga qoshiq to‘la gorchitsani olib bergan ekan, mushuk achchiq hididan rusning qo‘liga chang solib, qo‘lini qonatibdi-da, tezda pastga sakrab tushibdi.
Ingliz diplomati rus do‘stiga ma’noli qarabdi mushuk tomon yuribdi. Mushukning oldiga bir parcha go‘sht tashlabdi-da, mushuk yeya boshlaganda, asta-sekin dumini ko‘tarib, orqa teshigiga ozgina gorchitsa surib qo‘yibdi.
Mushuk orqasi qizib, achishib ketayotganini sezib, joyidan sapchib turib qochibdi. Restorandagi stollardan biri tagiga kirib olib, bir oyog‘ini ko‘taribdi va jon xolatda shoshib orqasini yalay boshlabdi.
Ingliz diplomati rus siyosatchisiga mushukni ko‘rsatarkan, shunday debdi:
— Ba’zilarga ayrim narsalarni qanday yedirish kerakligini o‘rganib oldingmi?