Afandining uyiga o‘g‘ri kirgan ekan. Afandi sandiq ichiga berkinib olibdi. O‘g‘ri uyni axtarib, qo‘lga kirgudek hech narsa topmay, sandiqni ochib qarasa, Afandini ko‘rib qolibdi. O‘g‘ri:
— Sandiqning ichida nima qilib yotibsiz?— desa, Afandi:
— Uyda senbop hech narsa yo‘q, shunga xijolat bo‘lganimdan berkinib oldim,— degan ekan Afandi.