Ikkita yoshi katta chol-kampirlar bir-birinikiga mehmonga borishibdi.
Kampirlar oshxonada pishir-kuydir qilguncha, ikkala qariya gap boshlashibdi:
— O‘tgan kuni kampirimni restoranga olib borgandim. Unga yoqmadi.
— Qaysi restoran ekan u?
— Esim qursin! Hozir yodimdan chiqdi... Ayollarga bahorda sovg‘a qiladigan gul nomi nima edi?
— Nastarinmi?
— Yo‘q!
— Lolami?
— Yo‘q!
— Atir gulmi?
— Yo‘q!
— Nargis gulmi?
— Ha!
Chol oshxona tarafga o‘girilib:
— Nargizaxon, o‘tgan kuni biz borgan restoranni nomi nima edi?