Afandi shirakayf holda yarim tunda uyga qaytibdi. Oxirgi zinada oyog‘i toyilib, peshanasidan darcha ochilibdi. Bir narsa qilib eshikni ochib kirib qon oqayotgan yarani yuvib netib oynaga qarab plastir yopishtirib uyquga ketibdi.
Tong saharda shundoq ko‘zini majburlab ochsa xotini baqirib yotibdi:
— Mayli nimaga kech kelding, deb so‘ramayman, Postel nimaga qon, deb so‘ramayman. Lekin javob ber: Nega oyim olib bergan toshoynaga to‘lik plastir yopishtirib chikding?