Afandi tegirmonda bug‘doy torttirish uchun navbat kutib turar edi, turib-turib zerikdi. Boshqa qoplardan o‘zining qopiga hovuchlab bug‘doy sola berdi. Buni ko‘rib tegirmonchi so‘radi:
— Nima qilyapsiz, Afandi?
— Men tentakman!
— Tentak bo‘lsangiz, nega o‘z qopingizdan olib, birovlarnikiga solmaysiz - dedi tegirmonchi.
— Unda g‘irt jinni bo‘lar edim,— dedi Afandi.