Chilonzor buyum bozoridan o‘g‘liga ko‘ylak xarid qilmoqchi bo‘lgan ayolga sotuvchi debdi:
— Juda-yam sifatli matodan tikilgan! Turkiyadan olib kelingan. Katta yigit bo‘lguncha kiyadi, ...
Ayol ko‘ylakni xarid qilib, yonida turgan kichkina o‘g‘ilchasiga kiydiradi-yu, ko‘chaga chiqgan zahoti yomg‘ir yog‘ib, bolakayni ustidagi ko‘ylak shalabbo bo‘ladi. Qarasa, yangi ko‘ylakni yengi qisqarib, o‘zi torayib, rangi oqarib ketadi. Ayol shu zahoti jahl bilan do‘konga qaytib borsa, ro‘parasidan chiqgan sotuvchi:
— Voy-vu, kap-katta yigit bo‘lib ketibsan-ku...- dermish.