Afandining otasi mahsido‘zga shogirdlikka berdi, Oradan ikki yilcha o‘tdi. Bir kun otasi undan so‘radi:
— Nasriddin, mahsido‘zlikni o‘rganay dedingmi?
— Ustam,— dedi Afandi,— zehning yaxshi deb maqtaydilar. Bola ko‘tarish, do‘kon supurishni halitdanoq o‘rganib oldim. Xudo hohlasa, yana besh-olti yildan keyin mahsido‘zlikni ham o‘rganib olar emishman.