Bir bo‘ri ariza qo‘ltiqlaganicha shoshib-pishib borardi. Yo‘lda bir ayiq uni to‘xtatib so‘radi:
— Ha, bo‘rivoy, yo‘l bo‘lsin?
— Menga qilingan tuhmatlardan rayonga borib dod solaman!
— Senga kim alam o‘tkazdi?
— Ferma mudiri qo‘ylarni o‘zi pinhon suv qilib, akt tuzib, aybni menga to‘nkayveradi.