Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so‘radi:
— Aka, bu nima? Rohatijonning qurug‘i desam, shinnisi ko‘rinmaydi...
Qandfurush tushuntirib berdi:
— Bu - qumshakarning yirigi, yangi chiqdi. Buni oq qand deyiladi.
— Jinday chashna bering-chi?
Afandi oq qanddan bir chaqmog‘ini og‘ziga solib so‘rgan edi, huzur qilganidan badanlari yayrab, ko‘zlari suzilib ketdi.
— Shunday yaxshi narsani sotasizmi,— dedi Afandi yutinib,— uyingizga oborib bola-chaqangiz bilan so‘rishmaysizmi?!