Instruktor mashinalar tirband yo‘ldan ketayotsa, oldindagi avtomobil qoidalarni buzib, xavfli harakatlar bilan hayday boshlabdi. Jahli chiqqan instruktor avtomobilni quvib o‘tib, oynadan baqiribdi:
— Qaysi ahmoq o‘rgatgan senga mashina boshqarishni?!
— Voy ustoz, assalomu alaykum! - dermish haydovchi...