Bir kuni afandi eshagi bilan ketayotsa, ikkita odam afandini ustidan kulmoqchi bo‘lib:
— Salom qani? - debdi.
Shunda afandi eshagiga qarab:
— O‘rtoqlaringga salom bermaysanmi? - degan ekan.