Bir kuni afandi xonaga kirib o‘tirib olib, stullarni sanabdi.
Sanasa, 7 ta chiqibdi. Qaytib yana xonaga kirib sanasa, 8 ta emish. Ko‘ziga ishonmasdan, hovlini aylanib kelibdi-da, xonaga kirib yana o‘tirib olib, sanasa, 7 ta stul chiqibdi. Shunda xursand bo‘lib, "hammasi joyida ekan", deb o‘tirgan stulidan turib chiqib ketibdi.