Kunlarning birida fermerning oti kasal bo‘lib qolibdi. Har qancha davolasa ham tuzalmabdi. Veterinar vrach olib kelib ko‘rsatsa, vrach otxonadan tashqariga debdi:
— Hozir bitta dori ichiraman, ertaga oyoqqa tursa-turdi. Turmasa, so‘yib yuboring!
Bu gapni hovlida yurgan xo‘roz eshitib qolibdi. Otxonaga kirib, bor gapni otga aytib beribdi.
Ertasi kuni egasi kirsa, ot zo‘rg‘a oyoqqa turibdi. Otning egasi cho‘ntagidan telefonini olib:
— Allo, doktor. Otim tuzaldi. Kelsangiz, suyunchisiga xo‘rozimni so‘yib, bir mazza qilib o‘tirardik, - dermish.