Bir odam donishmandni yoniga kelib debdi:
— Nimaga kambag‘al odamdan yordam so‘rasang, qo‘lidan kelgancha ko‘mak beradi-yu, boy va mansabdordan yordam so‘rasang yordam bermaydi.
Donishmand javob beribdi:
— Derazaga qara! Nimani ko‘ryapsan?
— Ko‘chani, odamlarni, ...
— Endi, ko‘zguga qara!
— Ko‘zguda o‘zimni ko‘ryapman faqat.
— Ana ko‘rdingmi!? Oynaga ozgina kumush qo‘shilgan edi, faqatgina o‘zingni ko‘rsatadigan bo‘lib qoldi. Huddi shu kabi, insonlarga ozgina boylik berilsa, o‘zidan boshqa hech kimni ko‘rmaydigan bo‘lib qoladi.