Samolyotda uchuvchi yo‘lovchilarga ekipaj xonasidan turib radioda gapiryapti:
— Biz balandlikka ko‘tarilib bo‘ldik. Manzilimizga yetib borishga qadar 2 kun qoldi. Sizga yoqimli parvoz tilaymiz, dedida mikrofonni o‘chirish esdan chiqib qoldi va dedi:
— Mana, teppagayam ko‘tarilvoldik hozir bitta kofeni ichamanda styuardessani quchoqlab yotaman, - debdi.
Buni eshitgan styuardessa uyatdan qizarib ketibdi. Yo‘lovchilar ham hayron. Shunda o‘sha styuardessa mikrofonni o‘chirishni aytish uchun ekipajlar xonasi tomon yugurdi. Yugurib ketayotib bir cholning oyog‘iga qoqilib yiqilib tushdi. O‘rnidan tursa anavi chol:
— Qizim, buncha shoshmasang hali kofesini ichib bo‘lmadiku, - dermish.