Ikki yangi boy suhbatlashmokda. Biri ikkinchisiga debdi:
— Eshitishimcha, Italiyadan villa sotib olayotganmishsan...
— Ha, firmam tipratikanlar eksport qilib boyib ketdi, shuning hisobidan sotib olyapman!
— Qanaqa tipratikan?
— Firmamiz qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun Yevropaga tipratikan eksport qiladi. — Menga qara, og‘ayni, buncha tipratikanni qayerdan topayapsan?
— Bu juda oddiy: kalamushni olasan-da, terisini laklab, fen bilan quritasan!