Bir kuni Morgunov, Nikulin, Vitsin ov qilgani o‘rmonga borishibdi.
Morgunov sheriklariga har kuni bir odam qorin to‘yg‘azish uchun ov qilib, bitta hayvon tutib kelishni tayinlabdi va ovning birinchi kuni o‘zi bitta quyon ushlab kelibdi. Uni pishirib, yebdilar.
Ikkinchi kun Nikulin bitta kiyik ovlab kelibdi. Nihoyat navbat Vitsinga kelibdi.
Ov qilish u yoqda tursin, kulbadan chiqishga qo‘rqib o‘tirgan Vitsinni kulbadan zo‘rg‘a chiqarib yuborishibdi. U esa qo‘rqa-pisa o‘rmon ichkarisiga borayotgan ekan,oldidan katta sher chiqibdi. Vitsin oyog‘ini qo‘liga olib qochibdi. Sheriklari yoniga yugurib borib, kulbaga kirgan ekan, sher ham uning orqasidan ichkariga kirib olibdi. Vitsin:
— Sizlarga o‘xshab mayda-chuyda ovlab yurmayman. Mana sizlarga sher. Tushlikka ovlab keldim, - deb eshikning orqasidan berkitib qochib ketibdi.