Afandi o‘choqqa o‘t yoqishga juda ko‘p urinibdi. Hech yoqa olmabdi.
Uyga kirib xotinining ro‘molini o‘rab chiqibdi-da, o‘choqqa qarab "Puf" degan ekan, alanga olib ketibdi.
Shunda olovga qarab:
— Ha qo‘rqmas ekansan-aaa, - dermish.