Ikkita Gai xodimi xizmat mashinasida ketayotishsa, oldidagi mashinaning oynasiga yopishtirilgan reklama yozuviga ko‘zi tushibdi: "Avtomobil sotiladi. Quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling".
Gai xodimlari haydovchini telefonda gaplashgani uchun jarimaga tortmoqchi bo‘lib, e’londa ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishibdi.
— Allo, e’lon bo‘yicha so‘ramoqchi edim.
— Ha, albatta. So‘rayvering, - debdi telefonini "Baland ovoz" rejimiga o‘tkazib qo‘ygan haydovchi.
Gai xodimi haydovchini gapga solaveribdi. Birozdan keyin Gai haydovchiga:
— Iltimos telefoningizni qo‘lingizga olib gaplashsangiz, yaxshi eshitilmayapti, - desa, haydovchi:
— Jon deb gaplashardim. Faqat ortimdan boyadan beri bittasi dumga o‘xshab ergashib kelyapti-da. Bilasiz-ku, bularga bahona topilsa, darrov to‘xtatishadi! - dermish.