Bir odam pul chiqaradigan apparat yasabdi. Pul chiqarib qarasa, 15 so‘mlik emish.
— Obbo, bunday pul muomalada yo‘q-ku. Anavi qo‘shnim rosa laqma, maydalab beradi.
Darrov o‘g‘lini chaqirib:
— Pulni qo‘shninikida maydalab kel, - debdi.
O‘g‘il ketibdi-yu, lekin tezda ortiga qaytibdi.
Otasi qarasa, qo‘shnisiyam bitta 7 so‘mlik, bitta 8 so‘mlik pul bervorgan emish.