Afandi yarim kechada o‘zi yolg‘iz aylanib yurgan edi, mirshab ushlab oldi:
— Bemahalda nima qilib yuribsan?—so‘radi mirshab.
— Uyqum qochdi,— javob berdi Afandi,— shuni qidirib yuribman.