Bir odamni ko‘ziga farishta ko‘rindi va undan so‘radi:
— Ey, Farishta 100 yil sen uchun qancha vaqt?
Farishta:
— Bir zum, - debdi.
Haligi kishi yana so‘radi:
— Bir million dollar sen uchun qancha pul?
Farishta:
— Bir tiyin.
Shunda haligi kishi:
— Menga bir tiyin ber.
Unga javoban Farishta:
— Bir zum kutgin, - debdi