Daraxt tepasida rektor, dekan va kafedra mudiri o‘tirishgan ekan. Bir payt daraxt tagidan talaba o‘tib qoldi.
Rektor:
— Kelinglar, uning oyog‘i ostiga 10000 so‘m tashlaymiz. Uni olib, hursandchilik uchun ichadi. Biz uni qo‘lga tushurib, stipendiyasidan mahrum qilamiza.
Dekan:
— Yo‘q, yaxshisi 50000 so‘m tashlasak, butun gruppa ichadi. Hammasini stipendiyasini bekor qilamiza.
Kafedra mudiri dekan qulog‘iga:
— Yaxshisi, rektorni daraxtdan itarib yuborsak, yarim soatdan so‘ng butun institut hursandchiligidan ichadi.