— Sen to‘g‘ri kelasan, yur ish bor, - deb uni olib ketibdi.
Studentni hayvonot bog‘iga olib borishibdi. Hayvonot bog‘i direktori:
— Uka senga 200 ming so‘m beraman, hayvonot bog‘iga komissiya kelayapti, maymunimiz o‘lib qolgandi. Tuppa tuzuk maymunga o‘xshaydigan bola ekansan, komissiya ketguncha maymunning niqobini kiyib, maymun bo‘p tur, - debdi.
Student rozi bo‘libdi.
Komissiya kelibdi. Student "bu zo‘r maymun ekan", - o‘ylasin deb karatega tushib tomosha ko‘rsatayotganmish. Komissiya a’zolaridan biri:
— Bu karatist maymun ekan, kelinglar sher bilan urishtiramiz, - debdi.
Sherni maymunning qafasiga qo‘yvorishibdi. Sher studentga o‘kirib yaqinlasha boshlabdi.
Student burchakda. Sher yaqinlashgan sari, studentning ishtoni og‘irlasharmish. Nihoyat sher studentning yoniga kelib:
— o‘o‘o‘, qo‘rqma bratishka, menam TOShMIda o‘qiyman, - dermish