— Kasal ko‘rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so‘raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so‘raysiz, u ko‘ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko‘proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o‘rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo‘lsa yaxshi, men ham ko‘rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o‘rtog‘inikiga bordi, u og‘ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so‘radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko‘rib turibsizku, o‘ladigan bo‘lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg‘ilandi, Afandi so‘roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug‘ini!
— Ushandan ko‘p-ko‘p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so‘radi:
— Mendan boshqa o‘rtoqlaringiz ham ko‘rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig‘lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko‘cha-kuyda ko‘rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo‘nab ketdi.