Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo‘lib kelib, so‘zlashib o‘tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o‘ynashib, bezovta qila boshladilar.
Mehmonlardan biri hazillashib:
— Afandi, arzandalaringizga odob o‘rgatsangiz bo‘lmaydimi?, — dedi.
— Nima qilay, tog‘alarini ko‘rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.