Ayol sud ajrim komissiyasi xodimiga eridan arz qilyapti:
— Erimdan to‘ydim, ajrashaman.
— Ajrashishga biror sabab ko‘rsatishingiz kerak.
— Erim dangasa yalqov, hech qayerda ishlamaydi. Mani topgan pulimga kun ko‘radi, alkash.
— Eringizni shunaqaligini bilib, nega turmushga chiqqansiz?
— Ahmoq, befahm ekanman!!!
— Ko‘rdingizmi, ahmoq bo‘lsangiz ham sizni xotinlikka olibdi. Demak eringiz yaxshi odam.