Bir ayol kelin ko‘ylaklar saloni yonidan o‘tib keta turib, ajoyib kelin ko‘ylagiga ko‘zi tushibdi.
U ko‘ylak ayolga juda-yam yoqib qolibdi.
Yonida jimgina ketayotgan eriga qarab:
— Keling azizim, men bilan ajrashing. Qaytadan turmush qurardik. Men shu ko‘ylakni kiygim kelyapti, - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Ajrashing??? Seni o‘rningda bunday xatarli ishga qo‘l urmagan bo‘lardim. Menga bunday imkoniyat berishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘r! - dermish.